2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirib, 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish rejasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, Navoiydagi Pistali konida 4 mln tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishini yakunlash reja qilinyapti.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida har oyda kamida bir marta barcha viloyat va hududlarda hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish taklif qilinmoqda. Bunda hududlarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarning hukumat vakillariga yetib borishini ta’minlash maqsad qilingan.
O‘zbekistonga birinchi marta qonunga zid ravishda dron olib kirgan yoki undan foydalanganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Amalda esa mazkur huquqbuzarlik uchun faqat jinoiy javobgarlik — 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi (kollej va texnikum) o‘qituvchilarining maoshi maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtirilishi mumkin.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 martdan tadbirkorlar ilk marta huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘lsa, ularga moliyaviy sanksiyalar qo‘llamaslik taklif qilinmoqda. Agar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tib, bekor qilinishi mumkin.
Muhokamaga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq, 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, bu cheklov o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting